Video: Tramp furajkasini shamol uchirgan askarga mehribonlik ko‘rsatdi
AQSh prezidenti Donald Tramp shamol tufayli bosh kiyim uchib ketgan harbiy xizmatchiga yordam ko‘rsatishga behuda urindi.
Internetda tarqalgan videoda ko‘rish mumkinki, Tramp AQSh dengiz piyodalari korpusi vertolyoti bortiga yaqinlashib kelganida, askarlardan birining bosh kiyimini shamol uchirib tushirganini ko‘radi. Askar bu vaqtda reglamentga ko‘ra joyida qotib turadi.
Prezident yerga tushgan furajkani oladi va uni askarning boshiga qo‘ndiradi, ammo shamol furajkani yana uchirib tushiradi va Tramp yana bosh kiyim ortidan quvadi.
Yakunda Amerika prezidenti o‘z harakatini to‘xtatib, harbiyning yelkasiga qoqadi va bortga ko‘tariladi.
Bu tasvir Amerika nashrlarida tarqaldi, ko‘pchilik prezidentning harakatini olqishladi, hatto Tramp bilan ziddiyatda bo‘lgan CNN tomonidan ham iliq fikrlar bildirildi.
Mavzuga oid
20:34 / 27.09.2024
Zelenskiy Nyu Yorkda Tramp bilan uchrashdi
17:43 / 27.09.2024
Zelenskiyning AQShga tashrifi: Tramp «Ukraina endi yo‘qligi»ni aytdi, Bayden Kiyevga 8 mlrd dollarlik paket ajratilishini e’lon qildi
08:00 / 27.09.2024
Tramp Zelenskiy bilan Nyu-Yorkdagi osmono‘par binosida uchrashadi
23:26 / 26.09.2024