O‘zbekiston | 12:26 / 15.08.2017
135786
1 daqiqa o‘qiladi
Qarshi shahridagi portlashga doir aniq xabarlar berildi
Avval xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 15 avgustga o‘tar kechasi kuchli portlash bo‘lgan va u guvohlar taqdim etgan dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, gaz quyish shoxobchasi bilan bog‘liq edi.
IIV YoXB manbasining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, voqea 00:15 da sodir bo‘lgan. Qarshi-Beshkent yo‘lining 5-kilometrida joylashgan qismida “O‘ztransgaz”ga qarashli avtoturargohdagi gaz tashish avtomobilida (gazovoz) yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab, mashina portlab ketgan.
Oqibatda avtomobil haydovchisi 1989 yilda tug‘ilgan yigit jabrlanib, shifoxonaga yetkazilgan. Vafot etganlar yo‘q.
Mavzuga oid
10:06 / 12.09.2024
Samarqandda gaz portlagan «dom» aholisi evakuatsiya qilinmoqda
20:52 / 30.08.2024
Germaniyada Ukraina uchun qurol ishlab chiqaradigan Diehl kompaniyasi zavodida portlash sodir bo‘ldi
00:20 / 25.08.2024
Fransiyada sinagoga yaqinida portlash sodir bo‘ldi
10:29 / 27.07.2024