Ilon Mask Marsga parvoz videosimulyatsiyasi bilan bo‘lishdi
Amerikalik ishbilarmon Ilon Mask o‘zining Instagram sahifasida Marsga parvoz qilishga mo‘ljallangan sayyoralararo kosmik kema faoliyatining videosimulyatsiyasi bilan bo‘lishdi.
Simulyatsiya besh qisqa videoga ajratilgan - havo kemasining Yerdan ko‘tarilish payti, ajralish va raketa-tashuvchining sayyoramizga qaytishi, kemaning orbitaga chiqishi va yoqilg‘i bilan quvvatlanishi, quyosh batareyalarini tarqatish, shuningdek parvozning o‘zi va uning Mars yuzasiga qo‘nishi ketma-ket namoyish qilingan.
So‘nggi video sayyora terraformatsiyasi natijasining namoyishi bilan tugaydi.
Bundan avval SpaceX rahbari o‘z kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan skafandr tasvirini taqdim etgandi.
Mavzuga oid
22:47 / 25.09.2024
Tadqiqotchilar Marsdagi vulqonlar qayta uyg‘onishi mumkinligini ma’lum qildi
14:30 / 23.09.2024
SpaceX 2026 yilgacha Marsga beshta kema uchirmoqchi
23:52 / 19.09.2024
AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi
21:56 / 19.09.2024