Video: Yamanlik isyonchilar Amerika droni urib tushirilishini tasvirga olishdi
Yamandagi isyonchi husiylar Amerikaning josus-zarba beruvchi MQ-9 Reaper uchuvchisiz qurilmasini urib tushirilganini videoga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Tasvirlarni Al Masirah telekanali namoyish etdi.
Unda zenit raketasining uchirilgani va uning uchar qurilmaga borib tekkani aks etgan. Videolavha oxirida bir to‘da kishilar yonayotgan UUQ bo‘laklarini tomosha qilayotgani aks etgan.
Avvalroq, MQ-9 Reaper droni Sana shahridan shimolda urib tushirilgani xabar qilingan edi. Isyonchilarga ko‘ra, u ayg‘oqchilik amaliyotini bajarayotgani ehtimol.
AQSh bu turdagi harbiy dronidan Yamandagi Al Qoida jangarilariga qarshi foydalanadi. 2015 yildan Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi arab koalitsiyasi ham shu dronlardan foydalanib keladi.
Mavzuga oid
07:50 / 20.09.2024
Malayziya O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi
10:50 / 14.09.2024
Reuters: Rossiya o‘z dronlari uchun Xitoy dvigatellaridan foydalanyapti
16:58 / 12.09.2024
Rossiyada 8-9-sinflar uchun dronlar bo‘yicha darslik chop etildi
16:32 / 10.09.2024