Ramzon Qodirovning o‘g‘illari boks bo‘yicha navbatdagi jangda ishtirok etishdi
«Match TV» telekanali boks bo‘yicha Rossiya chempionatining finalidan translyatsiyani e'lon qildi. Musobaqa Checheniston poytaxti Grozniyda bo‘lib o‘tgan hamda chempionat ishtirokchilarining janglaridan avval ringga Ramzon Qodirovning farzandlari ko‘tarilganlar.
Janglarda to‘qqiz yoshli Adam, 10 yoshli Ali va 11 yshli Ahmad qatnashgan. Ular, Checheniston parlamenti rahbari Muhammad Dovudovning so‘zlariga ko‘ra, «ko‘rgazmali janglarda ishonchli g‘alabaga erishishgan».
Shu tariqa, Ahmad 42 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Tamirlan Merovni texnik nokaut bilan mag‘lub etdi. Ali 32 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Ahmad Sherdiyevni 5:0 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, Adam Islom Husaynov ustidan texnik nokaut bilan zafar quchgan. Qodirovning farzandlariga raqib bo‘lganlarning barchasi – Kabardin-Bolqor o‘lkasilik tengdoshlaridir.
Dovudov ham Instagram’dagi sahifasida tegishli videoni joylashtirdi.
Mavzuga oid
10:17 / 22.09.2024
Entoni Joshua titul uchun jangda bir necha bor polga quladi
13:47 / 11.09.2024
Qirg‘iziston prezidenti o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanovga avtomobil sovg‘a qildi
22:15 / 28.08.2024
Ramzan Qodirovning qizlari 2017 yilda Fransiyaga boshqa familiya ostida uchgani ma’lum bo‘ldi
09:00 / 21.08.2024