Sport | 22:04 / 28.10.2017
24244
1 daqiqa o‘qiladi

O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi aniqlandi

Hindistonda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida jahon chempionati yakuniga yetdi.

Musobaqaning finalida Angliya o‘smirlari Ispaniyani 5:2 hisobida mag‘lub etib, oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Qizig‘i shundaki, inglizlar 0:2 hisobida orqada borayotganiga qaramay, katta iroda ko‘rsatib, tarixiy g‘alabani ilib ketdi.

Uchinchi o‘rin uchun bahsda Braziliya o‘smirlari Mali ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Inglizlar hujumchisi Rayan Bryuster 8ta gol bilan musobaqa to‘purariga aylandi.

Jahon chempionati U17. Hindiston
28 oktabr

Final

Angliya U17 - Ispaniya U17 - 5:2

Gollar: Bryuster (44), Gibbs-Uayt (58), Foden (69, 88), Guyehi (84) - Gomes (10, 31) 

3-o‘rin uchun bahs

Braziliya U17 - Mali U17 - 2:0

Gollar: Alan (55), Alberto (88)