Sport | 17:30 / 09.12.2017
11630
9 daqiqa o‘qiladi

Superderbilar haftasi. APLning eng asosiy turi haqida

Angliya premer-ligasida bu hafta eng markaziy uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Chempionlik uchun kurash olib borayotgan ikki Manchester jamoasi o‘rtasidagi uchrashuvning o‘zi ko‘p narsani anglatib turibdi. Bundan tashqari, London va Liverpulda ham uzoq tarixga ega derbilar bo‘lib o‘tadi. Tribuna.Uz an'anaga muvofiq dunyoning eng tomoshabop chempionati o‘yinlariga batafsil to‘xtaladi.

Vest Hem - Chelsi
Boshlanshi vaqti: 17:30
Translyatsiya: Futbol TV, Match! Futbol 1

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
«Chelsi» Premer-liga doirasida «Vest Hem»ga qarshi so‘nggi 22 uchrashuvning faqat 2tasida mag‘lubiyatga (16 g‘alaba, 4 durang) uchragan. O‘tgan mavsumdagi ikkala uchrashuvda ham 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

«Vest Hem» hozirda Premer-ligada ketma-ket 8 uchrashuvdan buyon g‘alaba qozona olmayapti (3 durang, 5 mag‘lubiyat), bu jamoaning 2015 yil dekabrda qayd etgan eng yomon natijasiga teng.

Devid Moyyes amaldagi chempionlarga qarshi boshqarayotgan jamoasi uyida o‘tkazgan so‘nggi beshta uchrashuvning 4tasida g‘alaba qozongan, eng qizig‘i raqiblarning uch nafar italiyalik murabbiylar (Karlo Anchelotti, Roberto Manchini va Klaudio Raneri) bo‘lgan.

Eden Azar «bolg‘aurarlar»ga qarshi Premer-Liga doirasidagi so‘nggi 8 uchrashuvda qatnashib, 7ta golda (4ta gol, 3ta golli pas) ishtirok etgan.

Yo‘qotishlar
«Vest Hem»da yangi yo‘qotishlar yo‘q. Chicharito umumiy guruhga qaytgan va bu uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

«Chelsi» tarkibida David Luiz va Denni Drinkuoter jarohati sabab maydonga tusha olmaydi.

Tottenhem - Stok Siti
Boshlanish vaqti: 9 dekabr, 20:00
Translyatsiya: Match! Futbol 1

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
«Tottenhem» «Stok Siti»ga qarshi APL doirasidagi so‘nggi uchta uchrashuvda bir xil 4:0 hisobida g‘alaba qozongan. Hozirgacha hech bir jamoa APLda biror raqibini ketma-ket to‘rt marta 4 yoki undan ko‘proq gol kiritgan holda mag‘lub etishning uddasidan chiqa olmagan.

Cherdan Shaqiri «Stok» tarkibidagi so‘nggi 11 uchrashuvda qatnashib, 9ta golda (4 gol, 5ta golli uzatma) ishtirok etgan.

«Stok Siti» «Uembli»da o‘tkazgan so‘nggi 5 o‘yinning (barcha musobaqalarda) 4tasida g‘alaba qozongan.

«Tottenhem» o‘z uyida «Stok Siti»ga qarshi so‘nggi 7 o‘yinda faqat bir marta mag‘lubiyatga uchragan.

Yo‘qotishlar
«Stok» himoyachisi Bruno Martins Indi 8 haftalik tanaffusdan so‘ng uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. Shuningdek Jyeff Kameron ham safga qaytgan, ammo Jyey Rodriges shaxsiy sabablar tufayli Londonga tashrif buyurmagan.

«Tottenhem» tarkibida Devinson Sanches diskvalifikatsiya tufayli, Tobi Alderveyreld va Viktor Vanyama esa jarohati sabab uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.

Sauthempton - Arsenal
Boshlanish vaqti: 10 dekabr, 17:00
Translyatsiya: UzReport TV, Match! Futbol 1

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
«Sauthempton» «Arsenal»ga qarshi o‘z uyida o‘tkazgan so‘nggi 6 uchrashuvda faqat bir marta mag‘lub bo‘lgan. O‘sha uchrashuv ham o‘tgan mavsumda, may oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kuzatilgandi.

1997 yildan buyon «Arsenal» Premer-ligada hech qachon «Sauthempton»ni mehmonda ketma-ket ikki marta mag‘lub eta olmagan.

Freyzer Forster «Arsenal»ga qarshi beshta uchrashuvda o‘z darvozasiga 30 zarba qabul qilib olgan bo‘lsada, faqat besh marta gol o‘tkazib yuborgan.

Angliya premer-ligasining dastlabki 15 uchrashuvida faqatgina Aleksis Sanches (9 gol) va Yan Rayt (10 gol) «Arsenal» tarixida Aleksandr Lyakazettdan ko‘proq (8t gol) gol kiritishning uddasidan chiqqan.

Yo‘qotishlar
«Sauthempton» tarkibida yagona yo‘qotish — Sedrik Soaresh. U jarohati sabab o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
«Arsenal» tarkibida Santi Kasorla uzoq muddatdan buyon o‘ynamayotgan bo‘lsa, Shkodran Mustafi uning safiga qo‘shilgan, Teo Uolkott esa maydonga tushishi mumkin.

Liverpul - Everton
Boshlanish vaqti: 10 dekabr, 19:15
Translyatsiya: Futbol TV, Match! Futbol 1

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
«Everton» APL doirasida ketma-ket 17 uchrashuvdan buyon «Enfild»dan g‘alabasiz (8 durang, 9 mag‘lubiyat), qaytmoqda. So‘nggi marta jamoa bu yerda 1999 yilning sentabrida Kevin Kempbell tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozongandi.

«Liverpul» «Everton»ga qarshi premer-liga doirasidagi to‘rtta uchrashuvda 90-daqiqadan keyin gol kiritib, g‘alaba qozongan — boshqa biror klub aniq raqibdan buncha ko‘p ochko tortib ololmagan.

Agar «Everton» g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, Sem Ellardays «Liverpul»ni premer-liga doirasida to‘rtta turli jamoa (oldin «Kristal Pelas», «Vest Hem» va «Bolton» bilan uddalagan) bilan mag‘lub etgan murabbiyga aylanadi. Shu paytgacha bu ishni faqatgina Harri Rednapp uddalagan.

«Everton» hujumchisi Ueyn Runi APL doirasida «Enfild»da faqatgina ikkita gol kirita olgan, ammo ikkala uchrashuvda ham «Manchester Yunayted» (2005 yil yanvar va 2016 yil yanvar) 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Yo‘qotishlar
«Liverpul» tarkibida Alberto Moreno maydonga tusha olmaydi.
«Everton» safida esa Fil Jagelka va Maykl Kin jarohatdan tuzalib safga qaytgan.

Manchester Yunayted - Manchester Siti
Boshlanish vaqti: 10 dekabr, 21:30
Translyatsiya: Futbol TV, Match TV, Match! Futbol 1

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
«Manchester Siti»ga qarshi Premer-liga doirasidagi ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Yunayted» so‘nggi beshta uchrashuvdan faqat bittasida «Siti»ga yutqazdi.

Hech bir Premer-liga vakili «Old Trafford»da «Manchester Siti»chalik ko‘p gol (27ta «Chelsi» bilan teng), shuningdek «Chelsi» g‘alabalar soni bo‘yicha (6ta g‘alaba) «Siti»dan yaxshiroq (5 g‘alaba) ko‘rsatkichga ega yagona jamoa sanaladi.

«Yunayted» o‘z uyida Premer-ligada eng uzoq vaqtdan buyon (24 uchrashuv — 14 g‘alaba, 10 durang) yutqazmay kelmoqda. So‘nggi marta jamoa «Old Trafford»da aynan «Manchester Siti»ga (2016 yil sentabr) mag‘lubiyatga uchragan.

Agar Pep Gvardiola shogirdlari bu uchrashuvda g‘alaba qozonsa, jamoa ketma-ket 14 g‘alabasini qo‘lga kiritadi va 2002 yilning avgustidan 2003 fevraligacha «Arsenal» erishgan natijani takrorlagan bo‘ladi.

Yo‘qotishlar
«Manchester Yunayted» tarkibida Maykl Kerrik va Erik Bayi jarohati sabab, Pol Pogba diskvalifikatsiya tufayli maydonga tusha olmaydi. Zlatan Ibrahimovich, Nemanya Matich va Fil Jonsning ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda.

«Manchester Siti» tarkibida Benjamen Mendi va Jon Stounz jarohati sabab maydonga tusha olmaydi. Fabian Delf va Vinsan Kompanining ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda.

9 dekabr, shanba 
17.30. VeST HEM – CheLSI 
Prognoz – 1:2 
20.00. SUONSI – VeST BROMVICh 
Prognoz – 1:0 
20.00. BYoRNLI – UOTFORD 
Prognoz  – 2:0 
20.00. TOTTeNHEM – STOUK SITI 
Prognoz – 3:0 
20.00. HADDeRSFILD – BRAYTON 
Prognoz – 2:2 
20.00. KRISTAL PELAS – BORNMUT 
Prognoz – 2:1 
20.30. NYuKASL – LeSTeR 
Prognoz – 1:0 
10 dekabr, yakshanba 
17.00. SAUTHeMPTON – ARSeNAL 
Prognoz – 0:2 
19.15. LIVeRPUL – EVeRTON 
Prognoz – 3:1 
21.30. MANCheSTeR YuNAYTeD – MANCheSTeR SITI 
Prognoz  – 1:1

Azamat Murodov tayyorladi

Mavzuga oid