London derbisini oxirgi daqiqalarda urilgan gol hal qildi
Angliya chempionatining 22-turida London derbisi o‘tkazildi — «Arsenal» «Emireyts — Eshberton Grouv»da «Chelsi»ni qabul qildi. Antonio Konte jamoasi birinchi bo‘lib gol urgach, ikkita javob qaytarib oldinga chiqqandi, ammo natijani saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.
O‘yinning 63-daqiqasida Jyek Uilshir aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. 4 daqiqa o‘tib esa Eden Azar penaltidan tenglik o‘rnatdi. O‘yinning 84-daqiqasida Markos Alonso «Chelsi»ni oldinga boshladi, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar davom etayotganida Ektor Bellerin o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:2.
Durang natija tufayli «Chelsi» APL turnir jadvalida «Manchester Yunayted»ni quvib o‘ta olmadi. «Arsenal» 6-o‘rinda qolmoqda.
Angliya chempionati
22-tur
Arsenal – Chelsi 2:2 (0:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 63 Uilsher, 1:1 – 67, penalti Azar, 1:2 – 84 Alonso, 2:2 – 90 Bellerin.
Arsenal – Chex, Chembers (Uolkott, 88), Mustafi, Holding, Bellerin, Chaka, Uilsher, Meytlend-Naylz, O‘zil, Sanches, Lyakazett (Uelbek, 80).
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Keyxill, Mozes (Dzappakosta, 56), Bakayoko, Kante, Fabregas (Drinkuoter, 71), Alonso, Azar (Villian, 82), Morata.
Ogohlantirishlar: Uilsher (31), Fabregas (43), Holding (53), O‘zil (67), Kurtua (89).
Mavzuga oid
15:41 / 26.09.2024
APLda yangi dushmanlik boshlanishi. Arteta aslida Gvardiolaning shogirdi emasligi haqida
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
14:17 / 06.09.2024
Transfer oynasi sarhisobi: Top-15 klublarning yozgi kampaniyasi reytingi
12:06 / 01.09.2024