Shavkat Mirziyoyev «xalqda umid uchquni paydo bo‘lgani» haqida aytdi
5 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari viloyatda islohotlar va vazifalarni bajarilishiga tanqidiy baho berib, o‘zining mulohazasi bilan o‘rtoqlashdi.
«Bergan pullar ham o‘zlashtirilmayapti. 200 million dollar, 50 million dollar, o‘ylamang, bu pullar ko‘chada yotmayapti. Pul topish, oylik berish - qiyin. Men, bugun, shifoxonaga kirganimda o‘zimga savol berdim: odamlar rozimi? Karavotda (bemor - tahr.) to‘n kiygan, sovuq... Shu davolanish xonasimi?», deb kinoya bilan ta'kidladi davlat rahbari.
Prezident bir yilda ikki nafar farzandidan ayrilib qolgan onaning voqeasi haqida gapirarkan, «u gaplarni eshitishning o‘zi qiyin»ligini afsus bilan takrorladi.
«Nega men o‘zim yuraman? O‘ylamangki, mening vaqtim ko‘p, ertalabdan kechgacha yurishimni - atrofimda bo‘lgan noinsoflar zora shu ishni qilsin, deb bajaraman. Bitta narsani anglab yetishimiz kerak: oldimizda nihoyatda qiyin vazifalar turibdi. Bugun ishimizni qarsakbozlik, balandparvoz raqamlar bilan davom ettirsak, ertaga xalq norozi bo‘ladi», deb fikrini davom ettirdi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev o‘tgan 2017 yilda O‘zbekiston xalqida salgina bo‘lsa ham umid uchquni paydo bo‘lgani, yangragan va'dalarga ishonch urchiganini aytib o‘tdi.
«Kurashga tayyor odamgina natijaga erishadi. Aks holda u ketishi kerak», – deb hukumat a'zolarini amaliy ishga chaqirdi.
Sessiyada viloyatdagi muammolarni hal etish va sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ta'minlash uchun Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, kompaniya va banklar rahbarlari, hokimlar amalga oshirishi zarur bo‘lgan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilab olish zarurligi yana bir marta takrorlandi.
Mavzuga oid
16:17 / 25.09.2024
Shavkat Mirziyoyev: “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini yaratdik”
16:16 / 25.09.2024
Toshkentdan Buxorogacha tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l quriladi - prezident
16:06 / 25.09.2024
Shavkat Mirziyoyev OIIB boshqaruvchilarining yillik uchrashuvi ochilishida ishtirok etdi
21:24 / 23.09.2024