“Kim suzmoqchi?”: Atlantika okeani muzlab qoldi (video)
AQShning Massachusets shtatida yashovchi Rayan Kenti internetga muzlab qolgan okean videosini joylashtirdi.
Rolikda Atlantika okeanining sohildan ko‘rinadigan qismi qalin muz bilan qoplanganini ko‘rish mumkin. Videoda bir odam muzlab qolgan to‘lqinlar ustidan ularning mustahkamligini tekshirib, yurganini ko‘rish mumkin.
“Kim suzmoqchi?”, deb kinoya bilan so‘ragan video muallifi. Kentining ta'kidlashicha, video olingan vaqtda havo harorati 20 daraja sovuq bo‘lgan. Shtatdagi o‘rtacha harorat esa 8 daraja sovuq atrofida bo‘lib turibdi.
Videoga izoh qoldirganlar hayratlarini yashirmaganlar. Ko‘pchilik muzlab qolgan okeanni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish istagini bildirgan.
“Qoyil! Tramp prezident bo‘lganiga endigina bir yil bo‘ldi-yu, u global issiqlik muammosini hal qilib qo‘ydi”, deb kinoya qilgan foydalanuvchilardan biri.
Mavzuga oid
20:34 / 27.09.2024
Zelenskiy Nyu Yorkda Tramp bilan uchrashdi
18:31 / 27.09.2024
“100 mln dollarlik gazning havoga uchishi to‘xtaydi” - AQSh kompaniyasi O‘zbekistonda gaz tarmoqlarini ta’mirlamoqda
22:34 / 26.09.2024
AQSh va Yevropa Putinning yangi yadroviy tahdidlariga javob qaytardi
07:30 / 26.09.2024