Fotoreportaj: Jizzaxda Tojikiston bilan chegaradagi o‘tkazish punktlari ochildi
“O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi orqali ayrim o‘tkazish punktlarining faoliyatini qayta tiklash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori asosida Jizzax viloyatida Kushkent, Uchqo‘rg‘on yo‘lidagi o‘tkazish punktlari ochildi. Bu haqda Jizzaxdan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Kushkent, Uchturgan yo‘lidagi o‘tkazish punktining ochilish marosimi tojikistonlik mehmonlarning hududga tashrifi bilan boshlandi, ularga alohida ehtirom ko‘rsatildi.
Rasmiy tadbirda so‘zga chiqqan Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Eshtemir Ismatov va So‘g‘d viloyati hokimi o‘rinbosari F. Sharifzoda o‘zbek va tojik xalqlarining yashash sharoiti, urf-odatlari, turmush tarzi bir-biriga nihoyatda yaqinligi haqida so‘z yuritishdi
Shundan so‘ng tojik birodarlar mamlakatiga tashrif buyurildi. Bu yerda ham katta bayram tantanalari uyushtirildi.
- Prezidentimiz tashabbusi amalga oshirilayotgan bugungi sa'y-harakatlarimiz azaldan yonma-yon yashagan, qavmu qarindosh bo‘lgan ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi aloqalarga keng yo‘l ochdi, - deydi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Sabohat Abdurahmonova.
Mavzuga oid
10:10 / 09.12.2024
Qozog‘iston chegara punktlarida yangi elektron navbat tizimi joriy etilmoqda
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
19:14 / 23.11.2024