O‘zbekiston | 19:20 / 02.03.2018
48101
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istondagi fojianing yettinchi qurboni shaxsi aniqlandi

Foto: Tengrinews

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida ro‘y bergan YTH yuzasidan qo‘shimcha axborot berdi. Vazirlikning Telegram’dagi kanalida ma'lum qilinishicha, Mang‘istonda yonib ketgan avtomobilda bo‘lgan yettinchi kishi ham O‘zbekiston fuqarosi, u ham Xorazmdan bo‘lgan.

Bundan oldinroq vazirlik YTH oqibatida halok bo‘lgan olti kishining ro‘yxatini bergan edi. Shu tariqa, fojia qurbonlarining barchasi Xorazm viloyatidan bo‘lib chiqdi.

Lada Largus haydovchisi:

Rasulbek Qo‘ziboyevich Allayarov. 1981 yilda tug‘ilgan. Manzili: Xorazm viloyati, Shovot tumani, Gulchi ko‘chasi,19-uy.

Lada Largus yo‘lovchilari:

Zokir Quronboyevich Dushamov. 1977 yilda tug‘ilgan. Manzili: Xorazm viloyati, Shovot tumani, Chukli qishlog‘i, To‘qmang‘it mahallasi, raqamsiz uy.

Sherzod Saparboyevich Rahimov. 1980 yilda tug‘ilgan. Manzili: Xorazm viloyati, Shovot tumani, Guliston shaharchasi, raqamsiz uy.

Begnazarov Mardonbek Xushnud o‘g‘li. 1995 yilda tug‘ilgan. Manzil: Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, Nayman qishlog‘i, raqamsiz uy.

G‘ayrat Ro‘zmatovich Madaminov. 1985 yilda tug‘ilgan. Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Gurlan shaharchasi, Maxtumquli ko‘chasi, 34-uy.

Boltayev Mahmudjon Saburjon o‘g‘li. 1995 yilda tug‘ilgan. Manzili: Xorazm viloyati, Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘i, raqamsiz uy.

Sanjar Turdiyevich Masharipov. 1991 yilda tug‘ilgan. Manzili: Xorazm viloyati, Yangiariq tumani, Ostona qoshlog‘i, raqamsiz uy.

Ayni paytda halokat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. FVV fojia yuzasidan maxsus telefon raqami  ochdi: (+998 71) 147-10-50.

Mavzuga oid