Sport | 16:39 / 02.03.2018
25352
2 daqiqa o‘qiladi

«Uzbek Tigers» - «Colombia Heroicos». Fotogalereya

WSB yo‘nalishi bo‘yicha musobaqlarda ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» jamoasi kecha Kolumbiyaning «Colombia Heroicos» jamoasiga qarshi janglar o‘tkazdi. «Universal» sport majmuasida kechgan bahslarda o‘zebkistonlik bokschilar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

-52 kg vaznda ringga chiqqan Xudoynazar Fayzov raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, qolgan bokschilarimiz ringda kolumbiyaliklarga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan g‘alaba qozonishdi va yakuniy hisob 4:1 ko‘rinishni olishini ta'minlashdi.

Quyida 1 mart oqshomida bo‘lib o‘tgan boks janglarining tarixga muhrlangan suratlari bilan tanishib olishingiz mumkin

Uzbek Tigers» va «Colombia Heroicos» jamoasi jang oldidan tanishtiruv marosimida

​Ikki kun muqaddam o‘tkazilgan janglar qahramonlaridan biri Hasanboy Do‘smatov bu kecha sheriklarini qo‘llab quvvatlab turdi

Yaqin o‘tmishning mashhur bokschilari Elshod Rasulov va Sherzod Abdurahmonov

Xudoynazar Fayzov barchasini yaxshi boshlagandi.​

Birinchi mag‘lubiyatdan keyin Shunqorning jahli chiqdi ​

 

Raqib jarohat tufayli jangni davom ettira olmadi.​

Mahmud G‘oipovning kuchli zarbalari Rangelni izdan chiqardi va u ham muddatidan oldin taslim bo‘ldi.​

 Jarohatidan tuzalib yana safga qaytgan Bektemir Meliqo‘ziyev qaytishini chiroyli g‘alaba bilan nishonladi. 

 Bu safar Bahodir Jalolov raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Kun fotosi

Jamoa

​Suratlar muallifi: Sohib Egamov

 
 

Mavzuga oid