Spinnerlar Yevropa Ittifoqida xavfli mahsulotlar ro‘yxatiga kiritildi
Yevropa Ittifoqida xavfli mahsulotlar ro‘yxati tuzildi, bu ro‘yxatga spinner ham kiritildi. Bu haqda Yevropaning shubhali mahsulotlar haqida tezkor ogohlantirish tizimi tomondan e'lon qilingan 2017 yil uchun hisobotda aytilgan.
Hisobotda aytilishicha, spinnerlar, ayniqsa chiroqlari bor modellari bolalarga ziyon yetkazishi mumkin. Bu spinnerlarda qo‘llanuvchi tugma shaklidagi batareyaning bola tomonidan yutib yuborilishi ichak va qizilo‘ngachda kuyish jarohatlariga olib kelishi mumkin. Shuningdek, spinnerlarning oson ajraluvchi mayda qismlari ham xavflidir.
Mutaxassislarning qayd qilishicha, ushbu qurilmalarni vaqti-vaqti bilan buzilishlari bor-yo‘qligiga tekshirib turish, kichik bolalar esa bu o‘yinchoqlarni kattalar nazorati ostida o‘ynashlari lozim. Shuningdek, mutaxassislar spinnerlarni duch kelgan joydan sotib olmaslikni va ularni xarid qilishda o‘tkir kimyoviy hid va shovqin chiqarishiga e'tibor qaratishlari lozim. Sifatli spinnerlar shovqin chiqarmasdan ishlaydi.
Mavzuga oid
22:34 / 26.09.2024
AQSh va Yevropa Putinning yangi yadroviy tahdidlariga javob qaytardi
21:59 / 26.09.2024
Yevropa Ittifoqi bo‘rilarni ko‘proq otishga ruxsat berdi
19:08 / 17.09.2024
8 mingga yaqin o‘zbekistonlik Litvada yashash uchun ruxsatnoma olgani ma’lum bo‘ldi
22:31 / 12.09.2024