Jahon | 13:18 / 29.04.2018
5652
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh chegaralarini mustahkamlash haqida gapirdi

Foto: Twitter /FoxNews

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, kuchli davlat mustahkam chegaralarga ega bo‘lishi lozim. Bu haqda Fox News xabar berdi.

«Biz kuchli davlat mustahkam chegaralarga ega bo‘lishi kerakligiga ishonamiz», - dedi Tramp.

Avvalroq, Tramp Qo‘shma Shtatlar Meksika bilan chegaraga Milliy gvardiyaning ikki mingdan to‘rt mingga qadar harbiy xizmatchisini yuborish niyatida ekanini ma'lum qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar chegarani Meksika bilan devorning katta qismi qurilgunga qadar qo‘riqlaydi.

Tramp Meksika bilan chegarada devor qurish lozimligi haqida bir necha marta ma'lum qilgandi. Uning fikricha, bu AQSh chegaralarini mustahkamlash va mamlakatdagi noqonuniy muhojirlar sonini kamaytirish uchun kerak.

 

Mavzuga oid