Jahon | 11:53 / 07.05.2018
10060
2 daqiqa o‘qiladi

Tojik-afg‘on chegarasida yangi chegara posti qurildi

O‘tgan shanba kuni Tojikistonning Xatlon viloyati Shaxritus tumani hududida tojik-afg‘on chegarasidagi «Tagnob» chegara postining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Avesta»ning Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot markaziga tayanib xabar berishicha, «Tagnob» chegara posti BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha idorasi tashabbusi doirasida, Tojikiston-Afg‘oniston chegarasidagi nazoratni kuchaytirish maqsadida Yaponiya hukumati moliyaviy yordami bilan qurildi.

Foto: Tojikiston Milliy xavfsizlik matbuot markazi
Foto: Tojikiston Milliy xavfsizlik matbuot markazi
Foto: Tojikiston Milliy xavfsizlik matbuot markazi

Tojikiston-Afg‘oniston chegarasidan Rossiya qo‘shinlari olib chiqib ketilgani ortidan, Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari xalqaro hamjamiyat ko‘magida chegarani mustahkamlash konsepsiyasini ishlab chiqdi, u ba'zi chegara postlarini tiklashni o‘z ichiga olgan. BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha idorasi konsepsiyasining asosiy ishtirokchilaridan biriga aylandi. Uning yordami bilan Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegarada yettita chegara zastavasi qurildi hamda tiklandi: «Bahorak», «Bog‘», «Sarig‘or», «Shog‘un», «Yo‘l», «Yaxchi Pun» va «Taxti Sangin». «Tagnob» chegara posti BMT ko‘magida qurilgan sakkizinchi obektga aylandi.

 

Mavzuga oid