GTA to‘dasiga O‘zbekistondan bo‘lgan shaxslar ham kirgan
Rossiyada davlat ayblovi GTA to‘dasi ishi bo‘yicha sudlanuvchilarga 25 yildan umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazoni so‘radi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Prokuror ayblanuvchilar uchun turli jazo muddatlari va 700-900 ming rubl miqdoridagi yirik jarimani so‘radi.
Davlat ayblovining sudda ta'kidlashicha, «dastlabki tergov organlari tomonidan barcha sudlanuvchilar harakati qurollangan, uyushgan to‘dada ishtirok etish sifatida baholandi, bu taqdim etilgan dalillar bilan tasdiqlandi hamda ko‘rsatilgan jinoyatlarni yengilroq moddalarga qayta toifalashga hech qanday asos yo‘q».
Moskva oblastida 2012-2014 yillarda harakat qilgan jinoiy guruhga OAV GTA to‘dasi nomini berdi. Bu mashhur kompyuter o‘yiniga o‘xshashdir. To‘daga Markaziy Osiyo davlatlaridan kamida 15 shaxs kirgan (Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston).
Prokuratura ma'lumotiga ko‘ra, guruh Moskva mintaqasi hududida 15ta qurollangan hujum uyushtirgan bo‘lib, bu 17 kishining qotilligiga aloqadordir hamda yana ikki shaxs hayotiga suiqasd qilingan.
Mavzuga oid
20:26 / 27.09.2024
Ukraina sudi Alisher Usmonovning qariyb 50 million dollar aktivlarini musodara qildi
18:06 / 27.09.2024
Toshkentdagi maktabda boshlanib vazirlar darajasiga chiqqan mojaro – nimalar bo‘ldi?
12:00 / 27.09.2024
Reuters: Rossiya Xitoyda yashirincha yangi UUA modelini yaratdi
11:20 / 27.09.2024