Sardor Rahimxon, Asilbek Negmatov va yana ikki xonandaning litsenziyasi to‘xtatildi
"O‘zbekkonsert" O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon, san'atkorlar Feruza Jumaniyozova, Asilbek Negmatov va Tohir Usmonovning litsenziyasini to‘xtatdi. KUN.UZ muxbiri 31 may kuni bo‘lib o‘tgan "Milliy estrada san'atining yoshlar ma'naviy, axloqiy tarbiyasidagi o‘rni va san'atkor odobi" mavzusidagi yig‘ilishida berilgan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Tadbir jarayonida ma'lum bo‘lishicha, "O‘zbekkonsert" tomonidan taklif qilingan 85 nafar xonandadan bir nechasi kelmagan. "O‘zbekkonsert" rahbari Odiljon Abduqahhorov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon, san'atkorlar Feruza Jumaniyozova, Asilbek Negmatov va Tohir Usmonovlarning tadbirga kelmaganini hurmatsizlik deya baholab, ularni litsenziyadan mahrum qilish to‘g‘risidagi buyruqni tayyorlashni topshirdi va yig‘ilish so‘nggida uni o‘qib eshittirdi.
Mavzuga oid
13:49 / 05.01.2025
Lisenziya olmasdan odamlarni Umraga yuborgan firmalarga chora ko‘rildi
21:30 / 30.12.2024
Telegram Malayziyada litsenziya olish uchun ariza berdi
11:11 / 25.12.2024
Toshkentda logoped markazida bemor bolalar davolangan. SSV markazda tibbiy litsenziya bo‘lmaganini ma’lum qildi
16:15 / 18.12.2024