O‘zbekiston | 15:57 / 08.06.2018
53441
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Tsindaoga yetib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Tsindao shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan.

Shavkat Mirziyoyev bu yerda Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Sammit doirasida prezidentning Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston va Afg‘oniston rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

 

Mavzuga oid