Jamiyat | 15:49 / 13.06.2018
35369
4 daqiqa o‘qiladi

Do‘zax – gunohkorlar uchun intiqom maskaniga aylantirildi

“Islom nuri” dasturining navbatdagi sonida do‘zax va undagi azoblar, do‘zaxga yetaklovchi amallar va unday qanday saqlanish haqida poytaxtning “Islomobod” jome masjidi imom xatibi Abdulhamid Jumanov so‘zlab berdi.

YouTube'da tomosha qilish

Tas-IX'da tomosha qilish

- Do‘zax va jannat mavzusi – biri insonni qo‘rqitadigan, tashvishga soladigan, ikkinchisi esa uyg‘otadigan, rag‘batlantiradigan va qiziqtiradigan mavzu. Alloh taolo bandalarini ikki toifaga bo‘ldi. Alloh uning bo‘yruqlariga bo‘y sunganlarga mukofot tariqasida jannatni, unga itoat qilmaydiganlarga qilgan ishlariga yarasha jazo beradi. 

Aslida, Alloh taolo biror bir bandasiga do‘zaxni ravo ko‘rmaydi. Barchamizning yaratuvchimiz Alloh. Yaratgan zot o‘zi yaratganlarning birortasiga ham yomonlikni xohlamaydi. Yomonlikni va do‘zaxni yaratuvchisi Alloh, lekin unga bandalari yo‘liqishini xohlamaydi. Bu narsani xohlovchi bu – shayton. U bandalarni adashishini, zalolatini, do‘zaxga tushishini xohlaydi. 

Hammamiz bilamiz-ki, do‘zaxda olov bor. U biz bilgan olovdan ming marta qaynoq va shiddatliroq. Bandaning ham olovda yonadigan a'zosi, asosan, terisi hisoblanadi. Alloh taolo Qur'oni karimda aytadiki, “har safar ularning terisi kuyib ketganida, biz yana qaytadan ularning terisini qoplab beramiz”. Nega, chunki ular azobni yaxshiroq his qilishlari uchun. Zamonaviy tibbiyot ham buni isbotladi. Ya'ni insonning terisi his qiluvchi bo‘lib, uning eti hech narsani sezmas ekan. Jannat qanday mukammal rohat maskani bo‘ladigan bo‘lsa, Alloh do‘zaxni ham ana shunday mukammal azob makoniga aylantirdi. 

“Islomobod” jome masjidi
imom xatibi Abdulhamid Jumanov

Do‘zaxda olov bor, qaynoq suvlar quyilishi, yiring ichirilish bor, Alloh u yerning hidini o‘ta badbo‘y qildi, ko‘rinishini xunuk manzaraga keltirdi va do‘zaxda banda bu dunyoda qilgan ishiga yarasha Alloh taolo unga hozirlab qo‘ydi. Biz bugun yengil sanayotgan gunohlarimiz uchun ham. Payg‘ambarimiz (s.a.v) do‘zaxda kim, qanday azob chekishini aytib berganlar. Alloh taolo do‘zaxni intiqom maskani qildi. 

Do‘zaxdan saqlanish imkoniyati hammamizda bor. Alloh hali jonimizni olgani yo‘q. Yaratganning mag‘firat eshiklari ochiq turibdi, yopilgani yo‘q. Alloh bandasining har qancha gunohini kechiradi, faqat banda tavba qilishni xohlasin. Biz Ramazonda qalbimizni, nafsimizni poklab turib, do‘zaxdan qutilyapmiz. Ramazondan chiqqach ham mana shu diyonatimiz, axloqimiz, odobimiz, haromdan tiyilishimiz davomli bo‘lishi kerak. Alloh barchamizga mana shuni nasib etsin, - deya niyat qildi suhbatdoshimiz A.Jumanov.

Maqola O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi.

Mavzuga oid