1 iyuldan importni dastlab chegara o‘tkazish punktlarida deklaratsiyalash mumkin
Davlat bojxona qo‘mitasining qarori bilan Tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki bojxona deklaratsiyasi (bundan keyin – DBD) deklarantning xohishiga ko‘ra tovarlar bojxona hududiga yetib kelguniga qadar taqdim etiladi. Rasmiylashtiruv bojxona postida amalga oshiriladi.
Joriy yilning 1 iyulidan quyidagi yangiliklar joriy etilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona postlarida emas, balki bevosita chegara o‘tkazish punktlarida erkin muomalaga chiqarish uchun «import»ni dastlabki deklaratsiyalash huquqi beriladi. Biroq bir shart bilan – agar tovar olib kelinishi munosabati bilan xavfni aniqlashda maxsus foydalaniladigan dasturiy ta'minot tomonidan hech qanday xavf aniqlanmasa.
Shuningdek endi DBDda ko‘rsatilgan tovarlar yetib kelgandan so‘ng to‘liq bojxona yuk deklaratsiyasi (bundan keyin – BYuD) taqdim etilishi zarur. Uni taqdim etish muddati – DBD taqdim etilgan kundan e'tiboran 30 kalendar kun.
BYuD Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma qoidalariga muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
• yuk deklaratsiyasi DBDning ajralmas qismi hisoblanadi, unga aynan o‘sha tartib raqam qo‘yiladi;
• 1-grafasi birinchi bo‘lmasida tovarlarni olib o‘tish yo‘nalishi – «IM» ko‘rsatiladi;
• 1-grafasi uchinchi bo‘lmasida «PPR» harfli belgisi ko‘rsatiladi.
Eslatib o‘tamiz, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bojxona brokerlariga murojaat qilmasdan bojxona yuk deklaratsiyalarini Internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida to‘ldirish va bojxona organlariga taqdim etish huquqiga ega.
Hujjat 1.07.2018 yildan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
15:17 / 17.12.2024
Daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash joriy etilmagani islohotlar samaradorligiga ta’sir qilyapti - Antikorrupsiya agentligi
18:15 / 10.12.2024
«Inson huquqlari qudratli davlatning asosiy belgisidir» - tarixiy deklaratsiyaga 76 yil to‘ldi
10:10 / 09.12.2024
Qozog‘iston chegara punktlarida yangi elektron navbat tizimi joriy etilmoqda
17:52 / 04.12.2024