Iqtisodiyot | 14:15 / 25.06.2018
6459
1 daqiqa o‘qiladi

Dollar kursi 7871 so‘mga tushdi, yevro 9174 so‘mgacha ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini o‘rnatdi. Ular 26 iyundan amal qila boshlaydi.

AQSh dollari kursi 12,3 so‘mga tushdi va 7871,66 so‘mni tashkil qildi. Yevro 23,4 so‘mga qimmatlashib, 9174,42 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli 0,21 so‘mga qimmatladi va 125,10 so‘m turibdi.

Avvalroq, AQSh valyutasi kursi 7870 so‘mlik ko‘rsatkichda turgandi.

Dollarning “qulashi” Markaziy bankning birjadagi intervensiyalar yangi strategiyasi fonida yuz bermoqda, u ayirboshlash kursiga ta'sir ko‘rsatyapti. Shu sababdan O‘zbekiston milliy valyutasi faol sur'atlar bilan mustahkamlanmoqda.

Mavzuga oid