Senatorlar bosh vazir Abdulla Aripovga parlament so‘rovi yuborishga qaror qildi
29 iyun kuni, Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisi ikkinchi ish kunida senatorlar bosh vazir Abdulla Aripovga parlament so‘rovini yuborishga qaror qilishdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida“gi Konstitutsiyaviy qonunga va “Parlament nazorati to‘g‘risida“gi qonunga muvofiq safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi hamda yoshlarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorligini holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri Abdulla Aripovga parlament so‘rovi yuborish haqida qaror qabul qilindi. Senat tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervi safida xizmat qilishga, ushbu xizmatni tashkil etish va o‘tashga oid hujjatlar ijrosi, shuningdek yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash ishlari o‘rganildi hamda tahlil qilindi.
Ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha senatorlar tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish va o‘tash masalalari, shuningdek umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi muassasalaridagi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, chaqiruv yoshi chegarasini qisqartirish, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi lavozimlariga kasbiy jihatdan yaxshi tayyorlangan, malakali, ish tajribasiga ega shaxslarni, shu jumladan, zaxira va rezerv ofitserlarini tayinlash chora-tadbirlari to‘g‘risida asoslantirilgan izohlar berish iltimosi bilan parlament so‘rovi yuborildi.
Mavzuga oid
16:47 / 26.09.2024
Senatdagi qo‘mita raisi bir vaqtning o‘zida boshqa joyda ham ishlashiga izoh berildi
13:08 / 21.09.2024
Senat Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyasini ratifikatsiya qildi
12:29 / 21.09.2024
Tabiblik litsenziyasiga ega bo‘lmagan shaxslar davolash xizmatini ko‘rsatgani uchun javobgarlik joriy qilinmoqda
18:36 / 20.09.2024