Urganch xalqaro aeroporti 10 avgust kuni ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Urganch xalqaro aeroportining texnik sabablar va harorat rejimi bo‘yicha 16 iyuldan vaqtincha yopilishi haqida xabar qilgan edi. Shu sababli Urganch aeroportidan amalga oshirilayotgan reyslar Nukus va Buxoro aeroportlariga ko‘chirildi.
Hozirda Urganch xalqaro aeroportida sun'iy uchish-qo‘nish yo‘lagining asfalt qoplamasini almashtirish bo‘yicha ta'mirlash ishlari jadallik bilan davom etmoqda.
Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Farhod Ermanov olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida mutasaddilar bilan joyiga borib uchrashdi. Bu yerda ta'mirlash ishlari “Xorazmyo‘lqurilish” unitar korxonasi tomonidan 24 soat davomida 50dan ortiq maxsus texniklar yordamida olib borilmoqda.
Urganch xalqaro aeroportining 10 avgust kuni ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
20:25 / 19.09.2024
Moskva aeroportlarida xorijliklar uchun yangi qoidalar joriy etiladi
13:30 / 17.09.2024
Urganchda 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi
10:45 / 12.09.2024
«Hech kim yordam berolmaydi» – Moskva aeroportida Rossiya fuqaroligini rad etgani uchun qaytarilgan migrant hikoyasi
08:54 / 12.09.2024