Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Sharof Diyorovich Rahmonov Toshkent shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sh.Rahmonov 1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
Bundan avval, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi MDH davlatlari Axborot-tahlil boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, boshqarma boshlig‘i, 2010-2011 yillarda -O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Amerika va Yevropa davlatlari Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i, 2011-2012 yillarda - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Protokol xizmati va akkreditatsiya boshqarmasi boshlig‘i, 2012-2014 yillarda - O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi Elchixonasi savdo va iqtisod masalalari bo‘yicha maslahatchisi, birinchi kotibi, 2014-2014 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “O‘zmarkazimpeks” davlat aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi bo‘lib ishlagan.
2015-2016 yillarda - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “O‘zmarkazimpeks” davlat aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi boshqaruv raisi, 2016-2017 yillarda - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “O‘ztadbirkoreksport” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi, 2017-2018 yillarda - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi “Uztreyd” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi, 2018-2018 yillarda - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “National export company” mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “O‘zbek-Germaniya” qo‘shma korxonasi bosh direktori bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:30 / 27.09.2024
“Uy-joy bozori haliyam yovvoyi holatda” – ekspertlar bilan katta suhbat
19:10 / 27.09.2024
Toshkentda shifokor muolaja paytida mijoz ayolni o‘pib oldi
16:27 / 27.09.2024
Toshkentda “tosh tagidan xazina topgan” xavfli retsividist yana uzoq yilga qamaldi
18:36 / 26.09.2024