O‘zbekiston | 20:47 / 04.08.2018
10344
3 daqiqa o‘qiladi

Test jarayonlarida Davlat test markazi vakilining majburiyati qanday?

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-sonli “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi  Qarorida ushbu majburiyatlar belgilab o‘tilgan.

Nizomga ko‘ra, quyidagilar Davlat test markazi vakilining majburiyatlari hisoblanadi:

 

  • o‘ziga biriktirilgan binoda test o‘tkazish tartibiga qat'iy rioya etilishini ta'minlash;
  • belgilangan sanalarda ertalab soat 05:30 dan kechikmasdan o‘ziga tegishli binoga yetib kelish va nazorat xizmati posti orqali pasporti (ruxsatnoma yoki guvohnoma) bilan kirish;
  • bino rahbarlari va guruh nazoratchilari ro‘yxatini xizmat postlariga yetkazishni ta'minlash;
  • test materiallari solingan zaxira qutilarni seyfga joylashtirib, muhrlanishini ta'minlash;
  • abituriyent test sinovlari qoidalarini buzgan holda, uni test sinovlaridan chetlashtirish to‘g‘risida guruh nazoratchilariga javoblar varaqasining 4-bo‘limini rasmiylashtirish uchun ko‘rsatma berish;
  • test sinovlari tugagandan so‘ng abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxati solingan va muhrlangan paketlarni, test materiallari qutilarini mazkur Nizomda keltirilgan test materiallari qutisi reyestri asosida Davlat feldʼegerlik xizmati xodimlariga topshirish.
  • Shuningdek, Davlat test markazi vakili abituriyentlarga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki foydalanilayotgan holatlarda ularni test sinovlaridan chetlashtirish to‘g‘risida ko‘rsatma bermasa, mazkur holat uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Davlat test markazi vakili Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan almashtirilishi mumkin. Eng asosiysi, Nizom talablari asosida o‘ziga biriktirilgan binodagi guruh nazoratchilari faoliyatini va abituriyentlarning test topshirishini nazorat qilish bino rahbarining vazifasi hisoblanadi.

Javohir Shamsutdinov
Huquqshunos

 

 

Mavzuga oid