Hasanboy Do‘smatov: «Bu yilning eng asosiy musobaqasi»
18 avgust kuni Indoneziyada XVIII Osiyo o‘yinlari start oladi. Kun.uz muxbiri ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadigan boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining a'zolari bilan “Toshkent” xalqaro aeroportida suhbat uyushtirdi.
Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatovning aytishicha, musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritish uchun harakat qiladi.
“Oltinga harakat qilaman. Boshqa maqsad yo‘q, faqat oltin. Tayyorgarlik uch bosqichdan iborat bo‘ldi. Har bir bosqichi 15-16 kun davom etdi. Har birida yaxshilab mashg‘ulotlar olib bordik.
Olimpiadaga qanday tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsak, bunga ham shunday darajada tayyorlandik. Bu yilning eng asosiy musobaqasi. Qozog‘iston, Hindiston Filippindan kuchli bokschilar bor. Yaxshi natijalarni qo‘lga kiritish maqsadida ketyapmiz”, - deydi Do‘smatov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasining bayroqdori Isroil Madrimov har bir sportchimiz oltin medalga loyiq ekanini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:17 / 22.09.2024
Entoni Joshua titul uchun jangda bir necha bor polga quladi
13:47 / 11.09.2024
Qirg‘iziston prezidenti o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanovga avtomobil sovg‘a qildi
09:00 / 21.08.2024
Urishqoq boladan olimpiada chempionligigacha - Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev xonadonidan reportaj
18:29 / 16.08.2024