“O‘zbektelekom” Facebook bo‘yicha rasmiy bayonot berdi
Bir necha kun mobaynida bir qator foydalanuvchilar Facebook ijtimoiy tarmog‘i va boshqa veb-resurslarga kirishda muammolarga duch kelmoqdalar, deb yozmoqda “O‘zbektelekom” axborot xizmati.
“Facebook vakili uzilishlar tabiati mahalliy emas, balki global ekanligi haqida rasmiy bayonot berdi: Markaziy Osiyo va Shimoliy Yevropadagi boshqa mamlakatlarda ham shunday muammolar kuzatilmoqda.
Shunga qaramay, bir qator ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy tarmoqlarga milliy operator tomonidan cheklov qo‘yilganligi haqida ma'lumot paydo bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.
“O‘zbektelekom“ AK ushbu xabarlarni inkor etdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda «O‘zbektelekom» AK ma'lumotlar uzatish tarmog‘i muntazam ravishda ishlab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Downdetector ma'lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda Facebook bilan deyarli muammo yo‘qligi, VPN’ning ommabopligi oshayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:51 / 05.03.2024
Facebook va Instagram butun dunyo bo‘ylab vaqtincha ishlamay qoldi
21:32 / 01.02.2024
Tsukerberg ijtimoiy tarmoqlar qurboni bo‘lgan o‘smirlarning ota-onasidan uzr so‘radi
08:55 / 03.11.2023
“O‘zbektelekom” AKda IPO joylashtirish doirasida biznes uchrashuv o‘tkazildi
18:54 / 20.05.2023