O‘zbekiston | 08:42 / 05.10.2018
81541
3 daqiqa o‘qiladi

Foto: O‘zbekiston va Qatar birinchi xonimlari 

Qatar sobiq amiri shayx Hamad bin Xalif Ol Soniyning turmush o‘rtog‘i, Qatarning hozirgi amiri shayx Tamim ibn Hamad Ol Soniyning onasi Mo‘za bint Nosir al Misnid O‘zbekistonga xususiy tashrif bilan kelgan. Bu haqda uning Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilindi.

«O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroatxon Hoshimova janobi oliyalari bilan, shu yozdagi xususiy tashrif vaqtida», - deyilgan Mo‘za bint Nosir al Misnidning sahifasida.

Foto: Facebook/Moza bint Nasser

Shuningdek, e'lon qilingan fotosuratda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyevadan tashqari, uning qizi Shahnoza Mirziyoyevani ham ko‘rish mumkin. 

Foto: Facebook/Moza bint Nasser

Ma'lumot uchun: Mo‘za bint Nosir al Misnid Qatar sobiq amiri shayx Hamad bin Xalif Ol Soniyning uch xotinidan ikkinchisi sanaladi. U siyosat va jamoat arbobi sifatida tanilgan.

Mo‘za al Misnid qator davlat va xalqaro lavozimlarga ega. Ular orasida: Qatar ta'lim, ilm-fan va jamiyat taraqqiyoti jamg‘armasi rahbari, Oila masalalari bo‘yicha Oliy kengash prezidenti, Ta'lim bo‘yicha Oliy kengash vitse-prezidenti, YuNeSKO maxsus vakili.

U Virjiniya Hamdo‘stlik Universiteti (Virginia Commonwealth University), Texas A & M universiteti (Texas A & M University), Karnegi-Melon Universiteti (Carnegie Mellon University), London Imperiya Kolleji (Imperial College London) va Jorjtaun universiteti (Georgetown University) faxriy doktorlik unvonlariga ega.

Yetti nafar farzandi bor: shayx Hamad bin Xalif Ol Soniy (2013 yil 25 iyundan Qatarning 4-amiri);
shayx Jasim bin Xalif Ol Soniy;
Joan Hamad Ol Soniy;
Xalifa Xamad Ol Soniy;
Muhammad Hamad Ol Soniy;
Al Mayyossa Hamad Ol Soniy;
Hind Hamad Ol Soniy.

Mavzuga oid