Gibraltar tarixiy g‘alabaga erishdi
Futbol bo‘yicha Gibraltar terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida o‘z maydonida Armanistonni 1:0 hisobida mag‘lub eta oldi. Ushbu uchrashuv aholisi bor-yo‘g‘i 34 ming kishini tashkil etadigan mitti davlat uchun tarixiy voqea bo‘ldi: terma jamoa o‘z tarixidagi ilk g‘alabaga erishdi.
Gibraltarga g‘alaba keltirgan golni 30 yoshli Jozef Chipolino kiritdi. U 50-daqiqada 11 metrlik jarima to‘pini bexato amalga oshira oldi.
Uchrashuvdagi yagona gol muallifining asosiy ishi ofis ma'muri bo‘lib, bu Gibraltar va boshqa mitti davlatlar uchun ularning terma jamoalarida bor-yo‘g‘i bir necha professional futbolchi to‘p surgani uchun odatiy holatdir. Chipolino, shuningdek, mahalliy «Linkoln Red Imps» klubi a'zosi hisoblanadi.
Gibraltar FIFAning rasmiy musobaqalarida 2016 yildan boshlab ishtirok etib keladi. Terma jamoa FIFAning terma jamoalar reytingida 198-o‘rinni egallab turibdi. Bu terma jamoa Armanistonga qarshi uchrashuvgacha 22ta o‘yin o‘tkazib, ularning barchasida yutqazgan. Oxirgi o‘yin hisobga olinmaganda, gibraltarliklar raqib jamoalar darvozalariga 5ta gol urib, o‘z darvozalaridan 107ta gol o‘tkazib yuborishgandi.
Armaniston – Gibraltar 0:1 (0:0, 0:1)
13 oktabr, «Vazgen Sarkisyan nomidagi respublika stadioni»
Gol: 0:1 – 50, penalti Chipolina.
Armaniston – Ayrapetyan, Mkoyan, Aroyan, Ambartsumyan, Oganesyan, Mxitaryan, Barsegyan (Sarkisov, 61), Kazaryan, Malakyan (Pitstselli, 46), Movsisyan (Adamyan, 69), Grigoryan.
Gibraltar – Golduin, Chipolina, Olivero, Chipolina, Pons (Ennesli, 90), Bardon, Sardjyent, Ernandes (Britto, 85), Uoker, Kassiaro, Kumbz (Staych, 70).
Ogohlantirishlar: Mkoyan (49), Golduin (67), Bardon (86), Kazaryan (90), Chipolina (90), Staych (90).
Mavzuga oid
20:33 / 18.09.2024
Armanistonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi
00:10 / 10.09.2024
Armaniston Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz rejim bo‘yicha muzokaralarni boshladi
21:15 / 03.09.2024
FQB armanistonlik talaba Turkiya va Ozarboyjon elchixonalariga hujum uyushtirishni reja qilganini aniqladi
23:18 / 31.08.2024