Jahon | 09:03 / 26.10.2018
11154
2 daqiqa o‘qiladi

Obama, Klintonlar va CNN’ga bombalar Rossiya tomonidan yuborilgani taxmin qilindi

Foto: AP

Amerikaning MSNBC telekanali boshlovchisi Chak Toddning taxminicha, Rossiya AQShda siyosatchilarga portlovchi qurilmalar yuborish ishlari orqasida turgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Mediaite xabar qilmoqda.

Todd bomba yuborilishi bilan bog‘liq vaziyat mamlakatdagi jamiyatni qanday ajratib yuborgani haqidagi mavzu muhokamasi davomida o‘z fikrini aytdi.

«Men shundan qo‘rqamanki, bu Rossiyaning qandaydir amaliyoti ham bo‘lishi mumkin... Qaysidir ma'noda, biz hech qanday variantni istisno eta olmaymiz. Rossiya bizning, Amerika jamiyatini ajratib yuborishga harakat qilmoqda», - deya ma'lum qildi telekanal boshlovchisi.

So‘nggi bir necha kun ichida AQSh sobiq prezidenti Barak Obama, Klintonlar juftligi, milliarder Jorj Soros, aktyor Robert De Niro portlovchi qurilmalarga ega posilkalarni olishdi. Bundan tashqari, bombalardan biri bo‘lgan paket tufayli Nyu-Yorkdagi CNN ofisi evakuatsiya qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning telefoni Rossiya va Xitoy maxsus xizmatlari tomonidan tinglanayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid