Qozog‘istondan O‘zbekistonga pul jo‘natmalari miqdori ma'lum bo‘ldi
2018 yilning yanvar-sentabr oylari mobaynida Qozog‘istondan xorijga pul jo‘natmalari miqdori 437,6 mlrd tengeni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,1%ga ko‘p, deb xabar qilmoqda Ranking.kz
Eng ko‘p pul Rossiya Federatsiyasiga yuborilgan: 168,5 milliard tenge, yil davomida o‘sish 27,2 foiz. Rossiya Federatsiyasining ulushi 38,5% ni tashkil etdi.
Keyingi o‘rindan O‘zbekiston joy oldi: 84,6 mlrd tenge (225,1 mln dollar), o‘sish - 29,4%. Ulush bir yil ichida 18,9% dan 19,3% gacha o‘sdi.
Turkiya uchinchi o‘rinni egalladi: 48,8 milliard tenge, yillik o‘sish - 90 foiz. Ushbu davlatning umumiy miqdordagi ulushi 7,4%dan 11,2% gacha oshdi.
Pul o‘tkazmalari tizimida «Zolotaya korona» yetakchilik qilmoqda: 281,5 milliard tenge, yillik 66,1 foizlik o‘sish. Tizim ulushi 48,8% dan 64,3% gacha oshdi.
Western Union ikkinchi o‘rinni egalladi: 63,2 mlrd tenge, o‘sish yil davomida - 9,1%. Tizimning ulushi 16,7% dan 14,4% gacha kamaydi.
«Yunistrim» uchinchi o‘rindan joy oldi: 36,1 mlrd tenge, bu avvalgi yilga nisbatan 1,6% ga kam. Tizim ulushi 10,6% dan 8,2% gacha pasaydi.
Mavzuga oid
14:00
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish shartnomasi BMTga topshirildi
19:18 / 25.09.2024
Qozog‘istonda O‘zbekistondan keltirilgan 2,5 tonna shaftolida zararkunanda aniqlandi
22:59 / 24.09.2024
Mang‘istov-Nukus yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdda yong‘in yuz berdi
21:24 / 24.09.2024