“Soyuz” raketasi avariyaga uchragandan keyin ilk bor fazoga uchirildi
“Soyuz-FG” raketa-tashuvchi “Progress MS-10” yuk kemasi bilan Xalqaro koinot stansiyasi tomon Boyqo‘ng‘irdagi kosmodromdan start oldi. Ushbu parvoz bu turdagi raketalar uchun 11 oktabrdagi avariyadan keyin birinchisi bo‘ldi.
Rossiyaning parvozlarni boshqarish markazi yuk kemasi raketaning 3-pog‘onasidan ajralib, XKS tomon parvozni davom ettirganini ma'lum qilgan.
Yuk kema XKS bilan 18 noyabrda tutashishi kerak. Kema stansiyaga 2,5 tonna turli yuk, jumladan, yonilg‘i, suv va siqilgan gaz yetkazadi.
Ushbu yuk kema 30 oktabrda uchishi kerak bo‘lgan, biroq “Soyuz-FG” avariyasidan keyin parvoz 16 noyabrga ko‘chirilgan. Raketa 11 oktabrda kosmodromdan uchirilgandan ko‘p o‘tmay avariyaga uchragandi. Falokat oqibatida raketada bo‘lgan fazogirlar Aleksey Ovchinin va Nik Xeygga hech narsa qilmagan. Ta'kidlanishicha, bu 35 yil ichidagi ilk favqulodda vaziyat bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:10 / 24.09.2024
G7 BMTda Kiyevga uzoq masofali raketalarga ruxsat berish masalasini muhokama qiladi
13:25 / 23.09.2024
Eron paradda yangi raketa va dronlarni namoyish qildi
11:10 / 23.09.2024
OSINT-tahlilchi: «Sarmat» qit’alararo ballistik raketasi sinov paytida portlab ketdi
11:20 / 19.09.2024