Yevropa investitsiya banki: O‘zbekistonning tavakkal uchun imkoniyati katta
Yevropa investitsiya banki vitse prezidenti Vazil Xudakning O‘zbekistonga tashrifi davomida Bosh vazir o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston energetika sohasi uchun 100 mln, suv xo‘jaligi uchun 100 mln, jami 200 mln yevro mablag‘ ajratilgani ma'lum qilindi. Vashington shahrida Yevropa investitsiya banki va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv doirasida dastlabki amaliy qadam qo‘yildi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
22 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakillari Suhrob Xolmurodov Toshkent shahrida joylashgan Xalqaro biznes markazida Yevropa investitsiya banki vitse prezidenti Vazil Xudak bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida bank rahbariyati O‘zbekistonda muayyan sohalarda texnik ta'minotni yaxshilash, Yevropa tajribasini joriy qilish va kadrlar tayyorlash masalalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘shimcha mablag‘ ajratishini ta'kidlab o‘tdi.
– O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini aniq belgilab olgan va bu yo‘ldan og‘ishmay ildam harakatlanib borayotgan mamlakatlardan biri. Tashqi qarzlarning kamligi, rivojlanishdagi barqaror dinamika, unga bemalol tavakkal qilish va kredit olish imkonini beradi, deydi vitse prezident. – O‘zbekistonning taraqqiyotiga ishonmaganimizda bu investitsiyaga qo‘l urmagan bo‘lardik.
Byudjyetdagi mablag‘ hajmining yirikligi bo‘yicha dunyoda yetakchi banklardan biri - Yevropa investitsiya banki keyinchalik atrof-muhitni muhofaza qilish, issiqlik tizimini modernizatsiyalash hamda O‘zbekiston uchun manfaatli bo‘lgan boshqa sohalarga ham investitsiya kiritishga tayyorligi ta'kidlandi. Navbatdagi loyihalarda investitsiya qilinadigan mablag‘ miqdorini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
15:30 / 21.09.2024
Moskva Rossiya bozorini tark etgan xorijliklar uchun to‘lovni oshirmoqchi
22:19 / 28.08.2024
Berkshire Hathaway kapitallashuvi birinchi marta 1 trillion dollardan oshdi
16:00 / 22.08.2024
Way II’ning ilk investitsiya to‘plami qariyb 105 milliard so‘mga sotildi
22:26 / 06.07.2024