Saudiya Arabistoni podshohi Shavkat Mirziyoyevga taklif bilan chiqdi
2018 yilning 25 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Ulug‘bek Maqsudov Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudga o‘z ishonch yorliqlarini topshirdi.
TIV xabariga ko‘ra, Ar-Riyod shahridagi al-Yamama podshohlik saroyida tashkil etilgan tantanali marosimdan so‘ng podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud bilan suhbat bo‘lib o‘tgan.
Davlat rahbari O‘zbekiston Saudiya Arabistoni uchun mintaqadagi do‘stona, ishonchli va istiqbolli sherik ekanligini ta'kidladi hamda uning mamlakati Saudiya – O‘zbekiston munosabatlarini tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Podshoh O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘zining chuqur ehtiromini yetkazib qo‘yishni so‘radi va mamlakat rahbarini o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:45 / 26.09.2024
Saudiya Arabistoni neft qazib chiqarishni oshirib, Rossiya budjetiga zarba berishga tayyorlanmoqda
13:38 / 24.09.2024
Saudiyaning asr loyihasiga aylanishi kutilgan Vision 2030 dasturi qiyinchiliklarga duch keldi
08:20 / 11.09.2024
«Umra – 2024» yangi mavsumi boshlandi
09:44 / 29.06.2024