AQSh Kerch bo‘g‘ozidagi hodisaga harbiy javob bo‘yicha rejalarga aniqlik kiritdi
AQSh shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Jozef Danfordning The Washington Post gazetasi munozara maydonchasida ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Kerch bo‘g‘ozidagi hodisaga harbiy harakatlar bilan javob qaytarish niyatida emas.
«Hozirgi paytda, Azov dengizida sodir bo‘lgan hodisaga harbiy javob o‘lchovi borasida hech qanday muhokamalar ketmayapti», - dedi Danford.
Shu bilan birga, general ta'kidlashicha, Rossiyaning Azov dengizidagi harakatlariga G‘arb javob qaytarishi lozim. Biroq, Danfordning qayd etishicha, G‘arb davlatlari reaksiyasi diplomatiya, iqtisodiyot yoki xavfsizlik sohasida bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya bilan chegarada qo‘shinlar kuchaytirilayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:34 / 26.09.2024
AQSh va Yevropa Putinning yangi yadroviy tahdidlariga javob qaytardi
07:30 / 26.09.2024
AQShning Ukrainaga yangi yordam paketi miqdori ochiqlandi
22:34 / 25.09.2024
AQShda 26 yil oldingi qotillik uchun sudlangan shaxs qatl etildi
22:31 / 25.09.2024