Mirjalol Qosimov OKMK bosh murabbiyi lavozimida ish boshlaydi
OKMK klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi.
Tribuna.uz xabariga ko‘ra, klubni shu mavsum o‘z tarixida ilk marta O‘zbekiston kubogi g‘olibligi sari boshlab borgan Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiy lavozimidan ozod etilgan. Endilikda Baxtiyor Azamovichning o‘rnida «Bunyodkor» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ish boshlashi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Olmaliq klubi 2019 yilda Osiyo Chempionlar ligasi saralashida ishtirok etadi. Jamoa guruh bosqichiga o‘tish yo‘lida 12 fevral kuni o‘z maydonida Tojikiston chempioni «Istiqlol»ni qabul qiladi. Uchrashuv g‘olibi bir haftadan so‘ng Saudiya Arabistonida «Al-Nasr»mehmoni bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Qosimov murabbiyligidagi «Bunyodkor» bu mavsumni moliyaviy qiyinchiliklar bilan o‘tkazdi. Klub noyabr oyi o‘rtalarida FIFA talabiga ko‘ra 6 ochkodan mahrum qilingach, chempionat tugashiga 2 tur qolganida bronza uchun kurashdan chiqdi va yakunda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
13:54 / 12.12.2024
Gazprombankka qarshi sanksiyalar O‘zbekiston mis sanoati rivojini xavf ostiga qo‘yadi - The Diplomat
17:30 / 11.12.2024
OKMKda investitsiya loyihalari ishga tushirilmoqda: kombinatning yangi bosqichi va kelajagi haqida ma’lumot berildi
21:47 / 20.11.2024
OKMKning qariyb 25 foizi 12,2 trillion so‘mga baholanib, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkazildi
17:00 / 02.11.2024