Mirziyoyev tashqi siyosat va «Tolibon» bilan muzokaralar haqida gapirdi
O‘zbekiston 2019 yilda MDHga a'zo davlatlar, birinchi navbatda, Rossiya, shuningdek, Xitoy, AQSh, YeI mamlakatlari, Koreya Respublikasi, Yaponiya bilan munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan faol tashqi siyosat olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida aytildi.
«Bizning o‘zaro mushtarak tarixiy, ma'naviy qadriyatlar bilan bog‘langan musulmon davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlashga e'tibor beramiz. Xorijiy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni barcha sohalarda amaliy mazmun bilan yanada boyitish tarafdorimiz. Biz uchun tashqi siyosatimizda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta'minlashga qaratilgan aniq va ravshan strategiyaga tayanamiz. Bu borada O‘zbekiston mintaqadagi qo‘shni davlatlar bilan, shuningdek, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Eron bilan amaliy va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishni ustuvor vazifa deb biladi», - dedi davlat rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu strategiyani amalga oshirishda qo‘shni Afg‘oniston muhim o‘rin egallaydi.
«Biz xalqaro hamjamiyatni Afg‘oniston hukumati rahbarligida tinchlik muzokaralarini boshlash zaruriyatini qo‘llab-quvvatlashga da'vat etdik. 2018 yilning mart oyida Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkazilgan yuqori darajadagi Toshkent konferensiyasi zamonaviy Afg‘oniston tarixida xalqaro miqyosda keng qamrovli anjuman bo‘lganini alohida ta'kidlash lozim. Shu konferensiyadan so‘ng Afg‘onistondagi barcha siyosiy kuchlar, jumladan, «Tolibon» harakati ishtirokida muzokaralar jarayonini boshlashga qaratilgan xalqaro harakatlar yanada faollashdi. O‘zbekiston «Tolibon» harakati vakillari bilan bir qator muhim muzokaralar o‘tkazdi», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024