Magnitogorsk fojiasi. Qurbonlar soni 36 kishiga yetdi
Magnitogorsk shahrida qisman qulagan uy vayronalari ostidan qutqaruvchilar bir erkak va ikki ayol kishining jasadini chiqarib olishdi. Fojia qurbonlarining umumiy soni hozirgi vaqtda 36 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda TASS Rossiya FVV matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.
«Ikki ayol va bir erkak kishining jasadi chiqarib olindi. Halok bo‘lganlar - 36 nafar», - deya xabar berishgan matbuot xizmatidan.
Ayni paytda yana besh kishining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.
Chorshanba, 2 yanvar kuni kechqurun qutqaruvchilar 33-qurbon jasadini vayronalar ostidan chiqarib olishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Magnitogorskda yo‘nalishli taksidan uch kishining jasadi topilgani, tergov uydagi portlash terakt emasligini bildirayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:06 / 12.09.2024
Samarqandda gaz portlagan «dom» aholisi evakuatsiya qilinmoqda
20:52 / 30.08.2024
Germaniyada Ukraina uchun qurol ishlab chiqaradigan Diehl kompaniyasi zavodida portlash sodir bo‘ldi
00:20 / 25.08.2024
Fransiyada sinagoga yaqinida portlash sodir bo‘ldi
10:29 / 27.07.2024