O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketayotgani ma'lum bo‘ldi
2018 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 160,0 ming kishini (157,2 ming kishi respublika hududlaridan, 2,8 ming kishi xorijiy mamlakatlardan), ko‘chib ketganlar soni esa 176,2 ming kishini (157,2 ming kishi respublika hududlariga, 19,0 ming kishi xorijiy mamlakatlarga) tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, migratsiya saldosi minus 16,2 ming kishi bo‘lib, 2017 yilning mos davrida minus 18,6 ming kishi bo‘lgan.
Migratsiya saldosining yuqori darajasi Toshkent viloyatida (minus 5,6 ming kishi), Qashqadaryo viloyatida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (minus 4,2 ming kishi) va Samarqand viloyatida (minus 3,7 ming kishi) qayd etildi.
Migratsiya saldosining ijobiy darajasi Toshkent shahrida (plyus 15,3 ming kishi) kuzatildi.
2018 yil yanvar-dekabr oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni 2849 kishini tashkil qildi. Bu borada yetakchilik Tojikistonda - 28,1 foiz. Keyingi o‘rinlardan Qozog‘iston (27,5 foiz), Rossiya (24,1 foiz), Qirg‘iziston (9,7 foiz) va boshqa davlatlar (10,6 foiz) joy oldi.
2018 yil yanvar-dekabr oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 19006 kishiga teng bo‘ldi. Bunda yetakchilik Rossiyada - 47,2 foiz. Keyingi o‘rinlardan Qozog‘iston (47,1 foiz), AQSh (1,2 foiz), Isroil (0,7 foiz) va boshqa davlatlar (3,8 foiz) joy oldi.
Mavzuga oid
20:50 / 26.09.2024
Rus tilini bilmaydigan migrantlarga fuqarolik berilmaydi – Rossiya IIV
18:28 / 25.09.2024
Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma olgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum bo‘ldi
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
20:25 / 19.09.2024