FIFA reytingi: O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoda 12-o‘ringa ko‘tarildi
O‘zbekiston terma jamoasi FIFAning 2019 yil yanvar oyi uchun terma jamoalar reytingida 89-o‘rindan joy oldi. Bu bilan jamoa avvalgi o‘rnidan 6 pog‘ona yuqorilashga erishgan.
Osiyo jamoalari ichida O‘zbekiston 12-o‘rinda bormoqda, qit'a birinchiligi oldidan Ektor Kuper boshqaruvidagi jamoa 14-o‘rinda edi. Eron termasi Osiyo Kubogi yarim finalida kurashni to‘xtatgan bo‘lsa-da, qit'aning birinchi raqamli jamoasi nomini saqlab qolgan.
Sariq qit'aning yangi chempioni – Qatar terma jamoasi eng katta, 38 pog‘onalik sakrashni amalga oshirib, 93-o‘rindan 55-o‘ringa ko‘tarilgan. Bu – Qatarning 1993 yildan keyingi eng yaxshi natijasidir.
Jahon reytingining yuqori o‘nligida o‘zgarishlar kuzatilmadi. Belgiya terma jamoasi hamon 211 terma orasida yetakchi bo‘lib turibdi.
FIFA navbatdagi reytingni 4 aprel kuni e'lon qiladi.
Mavzuga oid
18:20 / 31.12.2024
Katanets Iordaniyaga qarshi Qatardagi o‘rtoqlik o‘yini uchun tarkibni e’lon qildi
17:58 / 20.12.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston milliy jamoasi 2024 yilni 58-o‘rinda yakunladi
21:06 / 28.11.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z o‘rnida qoldi
18:51 / 21.11.2024