Gulnora Karimovaning o‘g‘li onasiga bosim bo‘layotganini bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining nabirasi, ayni paytda Londonda istiqomat qilayotgan Islom Karimov o‘zining Instagram'dagi sahifasida Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, unga iltimosnoma yo‘llagan.
«Tushunarsiz sabablarga ko‘ra, onamga insonga xos bo‘lmagan bosim bo‘lyapti va uning oldiga shifokorlar qo‘yilmayapti», – deydi kichik Karimov.
Uning aytishicha, ijrochilardan kimgadir «mavjud savollarning xotirjam yopilishi» yoqmayapti.
«Bolaligimizdan bizga ma'lum kishi sifatida, o‘zini bobomning shogirdi, deya e'tirof etgan O‘zbekiston Prezidentidan iltimos qilaman: «Bizga e'tibor qiling va singlim hamda bizni tinglang! Singlim onam bilan birga bo‘lishiga to‘g‘ri keldi va uning yurak salomatligi yaxshi emas, shu holatda ham shifokorlar uning oldiga qo‘yilmayapti. Men onam va singlimning sog‘lig‘idan xavotirdaman», – deydi u.
Bosh prokuratura matbuot kotibi esa Gulnora Karimovaga nisbatan bosim mavjud emasligini ta'kidlamoqda. Bildirilishicha, u shifokor ko‘rigidan o‘tishiga hech qanday to‘siq yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil Bosh prokuratura Karimova ishi bo‘yicha ayrim tafsilotlarni bayon qilgandi. Unga ko‘ra, Gulnora 2015 yildayoq bir qator jinoyatlarni sodir etishda ayblanib, jazoni o‘tamoqda.
Mavzuga oid
21:06 / 28.09.2023
Shveytsariyada Gulnora Karimovaga nisbatan ayblov xulosasi sudga topshirildi
19:07 / 18.09.2023
Gulnora Karimovaning qaytarilgan boyliklari O‘zbekistonda bolalar o‘limini kamaytirishga yo‘naltiriladi
09:42 / 09.08.2023
Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning 20 mln funtlik mulklarini nazoratga oldi
22:04 / 13.03.2023