«O‘zbekiston» mehmonxonasiga xaridor chiqdi
Kuvaytning Alshaya Group kompaniyasi O‘zbekistonda mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanishga qiziqish bildirmoqda. Xorijiy kompaniya yaqin kunlarda Toshkent shahridagi «O‘zbekiston» mehmonxonasida bo‘lgan davlat ulushini sotib olishi mumkin, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
14 fevral kuni kompaniya ijrochi direktori Muhammad al-Shay boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligida muzokaralar olib bordi. Uchrashuvda arab ishbilarmonlari mehmonxona biznesi, xususan «O‘zbekiston» mehmonxonasidagi davlat ulushini sotib olishga qiziqish bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, hukumat mashhur «O‘zbekiston» mehmonxonasidagi davlat ulushini sotishi haqida xabar tarqatgandi. 1974 yili qurilgan mehmonxona binosi 33 million AQSh dollariga baholanmoqda. Binoda so‘nggi rekonstruksiya ishlari 2010 yili olib borilgan.
Mavzuga oid
16:43 / 27.12.2024
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga start berildi
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024