«Lokomotiv» OKMKni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi
«Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston superkubogi uchrashuvi «Lokomotiv»ning OKMK ustidan g‘alaba qozonishi bilan yakunlandi – 2:1.
O‘yinda hisob 12-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov tomonidan ochildi. Hujumchi qanotdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi. Ikkinchi bo‘limda «temiryo‘lchilar» burchakka yaqin masofadan jarima zarbasi ijro etgach, darvozabondan qaytgan to‘pni sherigidan qabul qilib olgan Yovan Jokich jarima maydoni tashqarisidan turib hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi. Oradan 3 daqiqa o‘tgach olmaliqliklar javob golini urishdi, bu vaziyatda chap qanotdan qulay tarzda uzatib berilgan to‘pni Zafar Polvonov boshi bilan «Loko» darvozasiga joylab qo‘ydi.
Shu tariqa, 2:1 hisobida g‘alaba qozongan «Lokomotiv» o‘z tarixida uchinchi marta Superkubokda qatnashib, unda ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi. «Temiryo‘lchilar» 2014 yili «Bunyodkor»ga yutqazishgan (1:2), bir yil o‘tib «Paxtakor»dan ustun kelishgandi (4:0).
O‘zbekiston Superkubogi – 2019
23 fevral. Toshkent, «Paxtakor» stadioni
LOKOMOTIV – OKMK – 2:1 (1:0)
Gol: Abduxoliqov (12), Jokich (74) - Polvonov (77)
Lokomotiv: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Jamshid Iskanderov (Aziz Haydarov, 74), Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Filip Rayyevats, 85), Husniddin G‘ofurov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Yovan Jokich, Davron Hoshimov, Oleg Zoteyev (Igor Yyelich, 68), Diyor Turopov.
Zaxira: Ma'mur Ikromov, Avazbek O‘lmasaliyev, Alisher Shog‘ulomov, Arslonmurod Omonov.
OKMK: Suhrobjon Sultonov, Mirjamol Qosimov (Jasurbek Hakimov, 62), Dilshod Jo‘rayev, San'at Shixov (Shahboz Umarov, 79), Zafar Polvonov, Jasur Hasanov, Mirolyub Kostich (Marko Zochevich, 40), Akmal Shorahmedov, Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov, Bobur Yo‘ldoshev.
Zaxira: Akbar To‘rayev, Zohir Pirimov, Mirg‘iyos Sulaymonov, G‘ulom Haydar G‘ulomov.
Ogohlantirishlar: G‘ofurov (90+1) – Rahmatov (52)
Hakamlar: Sherzod Qosimov, Sanjar Shoyusupov, Andrey Tsapenko, Jasur Muxtorov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Erkin Baxtiyorov
Mavzuga oid
17:00 / 30.08.2024
OKMKda Istiqlol inshootlari foydalanishga topshirildi
10:00 / 04.07.2024
OKMK: Olti oyda 1 mln kWh yashil elektr energiyasi ishlab chiqarildi
19:00 / 15.05.2024
OKMK: “HG-AMMC” MChJ qo‘shma korxonasi qurilishiga start berildi
16:01 / 27.04.2024