Iqtisodiyot | 13:11 / 06.03.2019
37197
2 daqiqa o‘qiladi

XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun asosiy xavfni ma'lum qildi 

Foto: REUTERS/Johannes P. Christo

Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) missiyasining 18 fevral - 4 mart kunlaridagi rasmiy tashrifi bo‘yicha yakuniy bayonotda aytilishicha, O‘zbekiston makroiqtisodiy barqarorligiga kreditlashning haddan ziyod o‘sishi jiddiy xavfga aylandi.

2018 yilda kreditlashning jadal o‘sishi kapital tovarlar importi oqimini moliyalashtirish, shuningdek, avvalgi o‘n yilliklar mobaynida yetarli mablag‘ sarflanmagan uy-joy va infratuzilma qurilishiga investitsiyalarni ko‘paytirish imkonini berdi, deyiladi bayonotda.

«Kelgusida makroiqtisodiy barqarorlik uchun asosiy xavf shundan iborat bo‘ladiki, uzoq muddatli kredit shovqini inflyatsion bosimni kuchaytiradi va ortiqcha tashqi defitsit paydo bo‘lishiga hissa qo‘shadi», - deya hisoblaydi jamg‘arma ekspertlari.

Bayonotda ta'kidlanishicha, O‘zbekistonda kreditni moliyalashtirish bo‘yicha boy salohiyatli manbalar mavjud: mamlakatning yirik to‘plangan moliyaviy zaxiralari ishlatilishi mumkin; tashqi kreditorlar esa, aftidan, imtiyozli shartlarda qarz berishga tayyor.

Garchi O‘zbekiston uchun bu makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda yangi qiyinchiliklar tug‘dirsa-da, mamlakat rasmiy organlari keskin o‘sish va kreditlash hajmi pasayishi jarayonlarini oldini olish bo‘yicha siyosat choralarini o‘zgartirish zarurligini aniq bilib turibdi.

Mavzuga oid