Toshkentda IIB xodimini osiltirib olgan Neksiya haydovchisi qo‘lga tushdi
11 mart kuni 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro D.T. Neksiya rusumli avtomobili old qismiga noan'anaviy tarzda osilib qolgan IIB xodimi bilan harakatlanib ketayotganda piyodalar tomonidan tasvirga olingan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 21 yoshli haydovchi Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmay, 3.27 (to‘xtash taqiqlangan belgisi) hamda 4.1.1. (harakatlanish to‘g‘riga belgisi) belgilariga bo‘ysunmagan. Davlat raqami 40 P 143 NA bo‘lgan avtomashina haydovchisi IIB xodimining ogohlantirishi va to‘xtatganiga ham e'tibor qilmagan. Ayni paytda u qo‘lga olingan.
«Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Haydovchiga nisbatan prokuratura tomonidan jinoiy ish ochilishi mumkin», — deydi shahar IIBB matbuot kotibi.
Video: Mover (tas-ix)
Mavzuga oid
12:38 / 05.01.2025
Foto: Toshkentda harbiy bo‘linmalar G‘alaba bog‘idan shahar markaziga qarab bayramona marsh o‘tkazdi
20:01 / 04.01.2025
Toshkentda 25,5 gektar yer uchastkasi 40,4 mln dollarga sotildi
15:06 / 04.01.2025
Toshkentda 310 km/soat tezlikda harakatlangan mototsikl haydovchisi jarimaga tortildi
20:03 / 03.01.2025