O‘ninchi farzandi dunyoga kelgan andijonlik Shukurjon va Nasibaxonning shukri
Bog‘ishamol dahasida yangi mehmon kelgan xonadonga kirib, bu dargohdagi quvonch, fayzni his etish boshqacha bo‘ldi. Hayron va lol qolganimiz, xonadonda 10 farzand voyaga yetmoqda. Kelganimizni bilgan barcha bolajonlar peshvoz chiqib, salom bera boshlashdi. Sog‘lom va durkun ulg‘ayayotgan bolalar go‘yo xuddi gullarga o‘xshardi.
Andijon shahar, Bog‘ishamol dahasi, Yangi hayot mahallasida yashovchi Qodiroxunovlar oilasida 10-farzand dunyoga keldi.
Shahar hokimligi xotin-qizlar qo‘mitasi bosh mutaxassisi Ominaxon Ibragimova va oiladagi barcha farzandlarning sog‘lom ulg‘ayishini shu kungacha nazorat qilib borayotgan shifokor Barnoxon Shokirova bilan ularni yo‘qlab bordik.
Oila boshliqlari Shukurjon va Nasibaxonlar bilan suhbatlashamiz.
“O‘zim o‘ttiz yetti yoshdaman. Ming shukr, mana o‘nta farzandli bo‘ldik. Bolalarimiz o‘rtasidagi farq 2 yoshga yetmaydi. O‘rtada uchtasini bir yashardan farqi bor. Eng katta qizimiz Shukrona 15 yoshga kirdi. Hozirda, 28 - maktabni 9-sinfida o‘qimoqda. Yana ming bor shukr, hamma bolamiz sog‘-salomat katta bo‘lyapti”, deydi Nasibaxon.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Oiladagi o‘n farzanddan beshtasi maktabga borar ekan. Beshtasi esa onasining yonida.
Ota Shukurjon farzandlariga “Sh” harfi bilan boshlanuvchi ismlarni saralab qo‘yibdi - Shukrona, Shunqorbek, Shohidbek, Shukufa, Shukura, Shoniso, Shahina, Shavqiya, Shayhullo va tug‘ilganiga besh kunlik bo‘lgan qizchaning ismi Shamsinur.
Maktabga borayotgan besh nafar farzandning hammasi a'lo baholarga o‘qir ekan. Ularning tarbiyalash jarayoni qanday kechayotgani haqidagi savolimizga Shukurjon Qodiroxunov quyidagicha javob berdi:
“O‘zim bitta o‘g‘ilman. Yoshligimdan ulg‘aysam ko‘p farzandli bo‘lishni orzu qilgan edim. Yaratganga shukur, niyatlarimga yetyapman. Endi eng katta orzuyim esa, bolalarimni oqibatli qilib tarbiyalash. Maktabdagi ustozlaridan faqat yaxshi gap eshitamiz. Demak, tarbiyadagi harakatlarim zoye ketmayapti”.
Bir narsa bizni hayron qoldirdi. Er-xotinga, “Oilada nima kamchiliklaringiz bor?”, deya bergan savolimizga. Ular, “Xudoga shukr. Hech qanday muammolarimiz yo‘q”, deya javob berishardi.
Aslida, 10 farzandni yedirib, ichirib, kiyintirib, o‘qitishni o‘zi bo‘ladimi...
Xonadon sohiblari har bir gapini shukr aytish bilan boshlar ekan. Balki, baxtga erishishni eng yaqin yo‘li ham shukronalikdir..
Quvonchga to‘la xonadondan yaxshi kayfiyat bilan qaytdik.
Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
14:37 / 27.12.2024
380 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
09:37 / 27.12.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024