AQSh kompaniyasi O‘zbekistonda metallurgiya zavodi qurmoqchi
AQShdagi Epsilon Development Company Avstriyaning Oberhofer Projektmanagement GmbH kompaniyasi bilan sheriklikda «Angren» erkin iqtisodiy zonasida metallni osinkovka qilish va turli metall konstruksiyalar ishlab chiqarish shug‘ullanuvchi yangi zavod qurmoqchi. Amerika kompaniyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yangi zavod qurishga 100 million yevro miqdorida investitsiya kiritiladi.
Hamkor kompaniyalar mazkur loyihani amalga oshirish uchun «Po‘lat innovatsion tizimlar» xorijiy korxonasini tuzishgan. Ayni vaqtda axborot to‘plash va texnik shartlarni kelishish jarayoni ketmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, zavodning loyiha quvvati yiliga 50 ming tonna po‘latni tashkil etadi. Rejaga ko‘ra, mahsulotlar nafaqat ichki bozor uchun, balki eksport uchun ham yo‘naltiriladi.
Korxonada 200—250ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda qurilish ishlari avj olishi barobarida qurilish materiallariga ehtiyoj keskin darajada o‘sdi va ayni vaqtda ko‘plab mahsulotlar chetdan import qilinmoqda.
Ma'lumot uchun, Epsilon Development Company amerikaliklarning shu nomdagi kompaniyasi tarkibida bo‘lib, asosiy kompaniya ayni vaqtda O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish bilan shug‘ullanmoqda. Mart oyi boshida ushbu kompaniya respublikadagi 5ta gaz konida ish olib borish huquqini qo‘lga kiritgandi. Amerikaliklar Qashqadaryo viloyati hududidagi «Tolimarjon» havzasida gaz qazib olishni boshlaydi. 2019 yildan 2024 yilgacha Epsilon Development va Epsilon Asia Limited (Hongkong) O‘zbekistonda neft va gaz qazib olish sohasiga 5,2 mlrd dollar miqdorida investitsiya kiritishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:28 / 02.12.2024
2025 yilda ko‘mir qazib olishni 10 million tonnaga yetkazish mo‘ljallanmoqda
22:40 / 07.10.2024
Angrenda ko‘mir koni kengaytirilishi sabab uylari ko‘chgan yoki buzilgan aholiga 60 mlrd so‘mdan ortiq pul to‘lanadi
09:51 / 07.07.2024
Angrenda mashinani soatiga 157 km tezlikda boshqargan ayolga chora ko‘rildi
16:12 / 06.07.2024