O‘zbekiston | 12:12 / 28.03.2019
51025
2 daqiqa o‘qiladi

Soliq qo‘mitasi: O‘rikzordagi holatda soliq inspektori nohaq bo‘lmagan

Bugun, 28 mart kuni «Jismoniy shaxslar jami yillik daromadlarini deklaratsiyalash tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va ko‘chmas mulk obektlari ijara shartnomalarini soliq xizmati organlarida hisobga olish tartibi» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjuman chog‘ida mutaxassislar nafaqat mavzu yuzasidan, umuman tizimga oid savollarga ham javob berdilar. Jumladan, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘layotgan «O‘rikzor» savdo kompleksidagi holatga ham oydinlik kiritildi.

Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i To‘rabek To‘rayevning ma'lum qilishicha, soliq xodimi o‘z vakolati doirasida harakat qilgan.

«Bu holatda shov-shuv, g‘ala-g‘ovur ko‘tarishning hojati yo‘q edi va xaridlar chekini ko‘rsatish kifoya qilardi. Davlat soliq inspeksiyasi xodimining asossiz harakatlari bo‘yicha tunu-kun ishlovchi ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish yoki boshqa tartibda murojaat qilish mumkin va ular darhol ko‘rib chiqiladi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

Bundan avvalroq, ijtimoiy tarmoqda «O‘rikzor» bozori hududida soliq inspektorlari xaridorlarni to‘xtatib chek so‘rayotgani, chek bo‘lmagan holda bozor hududidan chiqarmasdan ushlab turgani tasvirlangan video tarqalgandi.

Mavzuga oid