Jamiyat | 16:19 / 28.03.2019
12423
5 daqiqa o‘qiladi

“Yurmasligiga ham ko‘nikdim, ammo...”. Ona farzandi uchun achchiq yoshlar to‘kmoqda

Tahririyatimizga xayriya aksiyasi uyushtirishimizni so‘rab kelgan navbatdagi oila Xorazmning Xiva shahridan tashrif buyurgan. 7 yoshli Otanazarov Umrbek ayni o‘ynab kuladigan, yugurib maktabga boradigan paytida aravachada yoki otasining yelkasida opichib harakatlanmoqda. Oila bolaning yura olmasligini bilib, taqdirga tan berishgan. Ammo ularni yana bir muammo qiynab kelmoqda.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

– Farzandimiz chaqaloqligidanoq orqa miya churrasidan azob chekib keladi. Shifokorlarimizga rahmat, bir marta juda murakkab operatsiya o‘tkazib, hayotini saqlab qolishdi. Lekin hozir yana bir sinov qarshisida turibmiz. Operatsiya uchun 80 mln so‘m atrofida mablag‘ kerak ekan... O‘zimiz noturar joyda yashaymiz, o‘g‘limning kelajagi meni o‘ylantirib qo‘ydi. Hozircha amallab ko‘taryapman, lekin yurmasa ham o‘sib, vazni ortib borayapti. Doim ham ko‘tara olmaymanmi deb qo‘rqaman-, deydi ezilib otasi G‘apporov Hasanboy.

Onasi Sadoqat Ibodullayevaning ko‘zda yosh bilan aytgan so‘zlari har qanday kishining qalbini titratadi:

– O‘g‘limiz Umrbek emaklab harakatlanadi. Bu ham bir sinov ekan-da. Uning yura olmasligiga ham ko‘nikdim, ammo orqa miya churrasining asoratlari ham ko‘p ekan. Bolam hojatga chiqishini ayta olmaydi, hozirgacha “pampers”da olib yuramiz. Yurmasa ham o‘sib bormoqda, kuniga bir necha marta yuvib almashtirish kerak. Hamisha “pampers” bog‘lab qo‘yganimiz uchun a'zolari yara bo‘lib ketadi, yozilishga qiynalib yig‘laydi...

Hozir ko‘p bosqichli operatsiyalar o‘tkazishimiz kerak – urologik, neyroxirurgik...

Neyroxirurglar churrani operatsiya qilib, asab tolalarini bo‘shatib, hojatga mustaqil chiqishi mumkinligini aytishganidan buyon shuning harakatidamiz. Lekin operatsiya juda murakkab va qimmat ekan. Saxovatli yurtdoshlarimizdan yordam so‘rar ekanmiz, hech kimning farzandi kasal bo‘lmasin deyman. Bolam sog‘ayib ketsa, butun oilamiz bilan duo qilamiz. Nasib qilsa, farzandlarimni men ham qo‘li ochiq, muhtojlarga yordam beruvchi saxiy insonlar qilib tarbiyalayman...

Aziz saxovatpesha yurtdoshlar!

Siz juda ko‘pchiliksiz, ozgina yordamingiz, moddiy yoki ma'naviy qo‘llab quvvatlashingiz bir oilaning ulkan muammosi yechilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu paytga qadar ham ko‘plab insonlarning dardiga malham bo‘ldingiz va bo‘lmoqdasiz. Ishonamizki bu safar ham savobli ishdan chetda qolmaysiz.

Onasi Sadoqat Ibodullayeva nomiga ochilgan plastik kartochka:

Click/PayMe: 8600 0417 2665 2598 (Agrobank)

MFO: 00394

INN: 201200124

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000400000394500

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000900000394001

Telefon raqami: +998 (91) 275-52-75, +998 (90) 433-39-49


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzuga oid